Birinchi marta xato qilgan kichik biznes vakillariga jazo chorasi qo‘llanilmaydi
Kichik biznes vakillari tomonidan soliq tekshiruvlari bilan bog‘liq jarimalar turi ko‘pligi va og‘irligi masalasi bo‘yicha juda ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda aylanmadan soliq to‘layotgan 370 mingdan ziyod kichik tadbirkorlarning soliq bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovi 1 million so‘m atrofida.
Kassa cheki bermagani uchun 5 milliondan 10 million so‘mgacha moliyaviy, shuningdek 3 milliondan 12 million so‘mgacha ma’muriy jarima solinadi. Ya’ni, kichik tadbirkorlar uchun ham, yirik korxonalar uchun ham jazo bir xil.
Savdo sohasida faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlarni qariyb 30 yildan beri qiynab keladigan muammo ham yechiladi, ya’ni savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘liq bekor qilinadi (Jinoyat kodeksining 189-moddasi).
Birinchi marta xato qilgan kichik biznes vakillariga jazo chorasi qo‘llanilmaydi. Buning o‘rniga kamchiliklarni bartaraf etishga soliq idoralari ko‘makchi bo‘ladigan tizim joriy etiladi.
Jarimalar miqdori ham tadbirkorlar to‘layotgan solig‘idan oshib ketmasligi kerak.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024