BMT Mariupoldagi ehtimoliy «tribunal»dan xavotir bildirdi
BMT IHOKB xalqaro gumanitar huquq faqat harbiy asirlar uchun sudlar tashkil etishni taqiqlashini va ularni adolatli sud jarayoni huquqidan ataylab mahrum qilish harbiy jinoyat ekanligini eslatdi.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi yaqin kunlarda Rossiya tomonidan bosib olingan Mariupolda ukrainalik harbiy asirlar ustidan sud jarayoni boshlanishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda 23 avgust, seshanba kuni Jyenevada idoraning rasmiy vakili Ravina Shamdasani Mariupol filarmoniyasi binosida qurilgan temir qafaslar aks etgan fotosuratlar va videolarga tayangan holda ma’lum qildi.
BMT IHOKB harbiy asirlar qiynoqqa solingani va o‘lim jazosi chiqarilishi mumkinligi haqida ma’lumotga ega. «Xalqaro gumanitar huquq faqat harbiy asirlar uchun sudlar tashkil etishni va harbiy asirni adolatli va tegishli sud jarayonidan qasddan mahrum etishni taqiqlashini eslatib o‘tamiz, bu - harbiy jinoyatdir», deya Shamdasanining so‘zlarini keltirgan dpa agentligi. Uning eslatishicha, xalqaro huquqqa ko‘ra, harbiy asirlar harbiy harakatlarda qatnashganlikda ayblanib sudlanishi mumkin emas. Shamdasaniyning so‘zlariga ko‘ra, IHOKB asirlar bilan ko‘rishishni so‘ragan.
22 avgust kuni o‘zini «Donetsk xalq respublikasi» deb e’lon qilgan hudud «rahbari» Denis Pushilin yoz oxirigacha Mariupolda ukrainalik harbiy asirlar ustidan «tribunal» o‘tkazish niyatini yana bir bor tasdiqladi. «Azov» jinoyatlarining 80 ta epizodi bo‘yicha materiallar to‘liq tayyor, 23 kishi allaqachon hibsga olingan va boshqa joylarda saqlanmoqda», — dedi u «Rossiya 24» telekanali efirida.
Bir kun avval Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Azovstal»ning qo‘lga olingan himoyachilari ustidan namoyishkorona «sud» o‘tkazilsa, Kreml bilan qandaydir muzokara olib borish imkonsiz bo‘lishini aytdi.
Mavzuga oid
18:53 / 11.10.2024
BMT oiladagi zo‘ravonlikni tugatish bo‘yicha O‘zbekiston taklif etgan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi
08:35 / 11.10.2024
BMT Isroilni Livandagi qarorgohiga hujum qilishda aybladi
16:44 / 10.10.2024
BMTning «otasi» – Millatlar Ligasi tarixi
08:40 / 08.10.2024