Italiya sohillari yaqinida rossiyalik milliarderning superyaxtasi cho‘kib ketdi
«May Saga» bortidagi to‘rt nafar yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi qutqarilgan.
Italiyaning Katandzaro shahri yaqinida, Ionio dengizida uzunligi 40 metrli yaxta cho‘kib ketdi.
La Gazzetta Del Mezzogiorno gazetasining yozishicha, gap «Kuzbassrazrezugol» holdingi egasi va «Krutreyd» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Gennadiy Ayvazyanga tegishli «May Saga» yaxtasi haqida bormoqda.
Sohil qo‘riqlash xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa bir necha kun avval ro‘y bergan.
Yaxta Gallipoli portini tark etgan va Sitsiliya shimoli-sharqidagi Milatssoga suzib ketayotgan bo‘lgan.
Sohil qo‘riqchilari yaxta halokatga uchragan joyda qutqaruv operatsiyasini o‘tkazgan. «May Saga» bortidagi to‘rt nafar yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi qutqarilgan.
Yaxtaning cho‘kib ketishiga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
23:26 / 24.09.2024
Italiyadagi ko‘rgazmada 57 yoshli erkak xitoylik haykaltaroshning san’at asarini sindirdi
23:44 / 21.09.2024
CNN: Sitsiliyada cho‘kib ketgan yaxtada muhim maxfiy ma’lumotlar bo‘lgan
11:10 / 21.09.2024
O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi
10:20 / 19.09.2024