Zelenskiy fevralda urushni to‘xtatish uchun iste’foga chiqishga tayyorligini aytgan - OAV
Ukraina prezidenti maslahatchisi Aleksey Arestovichning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning atrofidagilar va G‘arb yetakchilari Ukraina prezidentiga Kiyevni tark etishni taklif qilgan, ammo u buni rad etgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy urushning dastlabki kunlarida agarda qon to‘kilishi to‘xtashiga yordam beradigan bo‘lsa, iste’foga chiqishga tayyorligini aytgan, deb yozadi The Washington Post Zelenskiyning g‘arblik siyosatchilar bilan suhbatiga tayanib.
«Agar ketishim qon to‘kilishini to‘xtatadigan bo‘lsa, men bunga tayyorman. Hoziroq ketaman», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan gazeta.
Ukraina prezidenti maslahatchisi Aleksey Arestovichning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning atrofidagilar va G‘arb yetakchilari Ukraina prezidentiga Kiyevni tark etishni taklif qilgan, ammo u buni rad etgan.
Zelenskiy Kiyevni tark etish bilan poytaxt jangsiz boy berilishi, bu esa Ukraina hukumatining parchalanishiga olib kelishi mumkin deb hisoblagan.
Gazetaning yozishicha, Volodimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilgan davlat rahbarlarining hech biri Ukraina Rossiyaga qarshi tura olishiga ishonmagan.
Mavzuga oid
13:50
Ukraina tunda Rossiyaning 68 ta dronidan 31 tasini urib tushirdi
09:20
Zelenskiy ukrain qurollarini ishlab chiqarishni kengaytirish niyatida
09:00
Zelenskiy: UQK Kursk oblastida o‘z pozitsiyalarini saqlab turibdi
21:00 / 12.10.2024