O‘zbekiston | 07:40 / 25.08.2022
9984
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘zsuv kanalida suv qora rangda ekaniga rasmiy izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘zsuv kanalining Zangiota tumani “Tokzor” MFY hududidan o‘tgan qismiga zaharli kanalizatsiya suvlari oqizilayotgani to‘g‘risida e’lon qilingan videomurojaat yuzasidan tezkor o‘rganish ishlari olib borildi.

Foto: Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘rganish jarayoniga ekologik mobil laboratoriya ham jalb qilinib, Bo‘zsuv kanaliga tashlanayotgan oqova suvlardan, kanal 500 metr tepa va past qismlaridan tahlil uchun namunalar olindi. 

O‘rganishlar davomida suv qora rangda ekani to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan rangli oqova suvlar bilan bog‘liqligi ma’lum bo‘ldi. 

“Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasi” texnologik jarayonlari ko‘zdan kechirilgan hamda ushbu tozalash inshootiga muntazam ravishda me’yordan ortiq ifloslangan moddalar va rangli eritmalar tashlab kelayotgan 7 ta to‘qimachilik va 2 ta qog‘ozni qayta ishlovchi korxonalar ro‘yxati shakllantirilgan.

Endilikda har bir korxona faoliyatini tekshirish yuzasidan biznes-Ombudsmanga buyurtmalar kiritilib, belgilangan tartibda ekologik nazorat, o‘rganish ishlari olib boriladi.

Mavzuga oid