Harbiy xizmatchilar sug‘urtasi bo‘yicha “O‘zbekinvest” monopoliyasiga barham berildi
Harbiy xizmatchilarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasiga boshqa sug‘urta kompaniyalari ham ochiq tanlovlar asosida jalb qilinadi. Bungacha bunday huquq faqatgina “O‘zbekinvest”da bor edi.
“Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, harbiy xizmatchilarning majburiy davlat sug‘urtasini amalga oshirish bo‘yicha “O‘zbekinvest” davlat kompaniyasining eksklyuziv huquqi bekor qilindi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabar bermoqda.
“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi harbiy xizmatchilarni sug‘urtalash bilan 2003 yil 1 yanvardan beri yakka o‘zi shug‘ullanib kelayotgan edi.
Endilikda boshqa sug‘urta kompaniyalari ham harbiy xizmatchilarning davlat majburiy sug‘urtasida tanlov asosida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
10:04 / 04.11.2024
“O‘zbekinvest” kompaniyasi Lloyd’s of London bosh qarorgohida O‘zbekiston sug‘urta bozori taqdimotini o‘tkazdi
14:06 / 26.10.2024
Taom yetkazib berish xizmatlari bozori monopollashdi
10:00 / 18.10.2024