«MYu» Antoni transferini e’lon qildi. Bu «Ayaks» uchun rekord kelishuv bo‘ldi
«Ayaks» hujumkor yarimhimoyachisi Antoni Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tdi.
«Manchester Yunayted» klubi braziliyalik 22 yoshli vingerning transferini e’lon qildi. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tib, Britaniyada ishlash vizasini olgach, tomonlar o‘rtasida rasman shartnoma imzolanadi.
«Ayaks» klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Manchester klubi Antoni transferi uchun 95 million yevro va yana 5 million yevro bonus sifatida to‘laydi. Bu transfer Amsterdam klubi va Niderlandiya chempionati uchun rekord transferga aylandi.
Avvalroq, insayder Fabritsio Romano Antoni «MYu» bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolashi haqida xabar bergandi.
Ma’lumot uchun, Antoni «Ayaks» va «San-Paulu» klublari safida jami 131 o‘yinda 31ta gol va 27ta assistga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
14:06 / 08.09.2024
«MYu»dagi uchinchi mavsum: Ten Hagga g‘olib jamoa qurish uchun yana qancha vaqt va pul kerak?
18:13 / 28.07.2024
«MYu» katta pul sarflamoqda, «Milan» ispaniyalik yulduzni qo‘lga kiritdi. Yevropadagi so‘nggi transferlar
16:03 / 28.05.2024