Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Turkiston viloyatiga rahbar etib tayinlandi
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxon Sotiboldi Turkiston viloyati hokimi etib tayinlandi.
26 avgust kuni Turkiston viloyati hokimi Umirzoq Shukeyev o‘ziga bo‘ysunuvchi Kentau hokimi o‘ta yirik miqdorda pora olganlikda aybdor deb topilgani sababli iste’foga chiqqan edi. 31 avgust kuni Qosim-Jo‘mart To‘qayev Shukeyevning iste’fosini qabul qildi.
Darxon Sotiboldi 2019 yilning mart oyidan buyon Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U 1974 yil 26 martda tug‘ilgan, Seyfullin nomidagi Oqmo‘la qishloq xo‘jaligi institutini, shuningdek, Qozog‘iston gumanitar yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - iqtisodchi-menejyer, huquqshunos.
Ma’lumot uchun, Darxon Sotiboldi o‘rniga Qozog‘istonning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari etib kim tayinlanishi hozircha noma’lum.
Mavzuga oid
18:29 / 11.05.2024
O‘zbekiston tarixiy suratlari to‘plami YuNESKO «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritildi
10:15 / 28.12.2023
Vakillik parlamenti, tenglik, so‘z va matbuot erkinligi kafolatlari: jadidlarning milliy huquq tizimini shakllantirishdagi o‘rni haqida
18:38 / 27.11.2023
Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi temir yo‘l qurilishi boshlandi
16:23 / 27.03.2023