«O‘zarxiv» Oliy kengashning davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi qarori asl nusxasini ko‘rsatdi
1991 yil 31 avgustda Oliy kengashning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi. Xuddi shu qaror bilan 1 sentabr Mustaqillik kuni, shuningdek, dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi Oliy kengash qarorining asl nusxasi «O‘zarxiv»da e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 1991 yil 31 avgustda «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»gi qonun ham qabul qilingan edi.
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy kengashining ikkinchi sessiyasida suverenitet to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilindi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
20:00 / 31.08.2024
Shavkat Mirziyoyev: “Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!”
19:47 / 31.08.2024
“Biz endi 37 millionlik katta xalqmiz” - prezident
15:34 / 24.08.2024