Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Usmonov va USM kompaniyasi nomidan foydalanilib, feyk ma’lumotlar tarqatilmoqda
Aldanib qolmang! “USM Invest”, “ USM investitsiya akademiyasi”, “ USM investitsiya jamg‘armasi”, “ USM platformasi”, “Alisher Usmonovning daromad oshirish dasturi” va shunga o‘xshash yo‘nalishdagi saytlar va reklamalarning barchasi firibgarlar tomonidan noqonuniy ravishda pul ishlash uchun yaratilgan.
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda USM holdingiga go‘yoki aloqadorligi aytilayotgan loyihalarga sarmoya kiritishga, shuningdek, Alisher Usmonov yoki uning xayriya jamg‘armasiga sherik bo‘lishga yoki undan yordam olishga undaydigan reklama e’lonlari va nashrlar paydo bo‘lmoqda.
Reklamalarning aksariyati Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirilgan. Bunday nashrlar ko‘pincha USM saytlari sifatida ko‘rsatilgan va go‘yoki foydalanuvchilarga yuqori daromadli investitsiyalarning turli shakllarini taklif etuvchi firibgar manbalar havolalarini o‘z ichiga oladi.
Qayd etilishicha, USM holdingi va uning aksiyadori Alisher Usmonov jismoniy shaxslar uchun investitsiya loyihalarini ishga tushirmagan va bu mavzuga oid saytlar, nashrlar yoki reklamalarga aloqador emas. Holding ham, uning aksiyadori ham ijtimoiy tarmoqlarda reklama joylashtirmaydi.
“USM Invest”, “ USM investitsiya akademiyasi”, “ USM investitsiya jamg‘armasi”, “ USM platformasi”, “Alisher Usmonovning daromad oshirish dasturi” va shunga o‘xshash yo‘nalishdagi A. Usmonov va USM’ga hech qanday aloqasi bo‘lmagan «loyihalar» firibgarlarning tuzog‘i hisoblanadi.
Bunday loyihalar, saytlar va reklamalarning barchasi firibgarlar tomonidan foydalanuvchilarni aldash va ulardan noqonuniy ravishda pul olish uchun yaratilgan. Shu kabi reklama e’lonlariga duch kelganlardan ularga e’tibor bermaslikni yoki ular e’lon qilingan manbalarga shikoyat jo‘natishni so‘raymiz.
Mavzuga oid
17:38 / 04.11.2024
Germaniyada Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi
20:49 / 29.10.2024
Alisher Usmonov yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari bo‘lishi mumkin
15:10 / 14.10.2024
Bild: Usmonov ARD jurnalisti ustidan prokuraturaga ariza berdi
21:22 / 01.10.2024