O‘zbekiston | 07:27 / 03.09.2022
3128
1 daqiqa o‘qiladi

Avgustda iste’mol bozoridagi narxlar o‘rtacha 0,5 foizga oshdi 

2022 yil avgust oyida iste’mol bozoridagi narxlar o‘rtacha darajasi 0,5 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qilmoqda.

Foto: Kun.uz

2022 yil yanvar-avgustida iste’mol bozorida narxlar o‘sish sur’ati 7,0 foizga yetdi, o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati esa 0,8 foizni tashkil etdi.

Yillik nisbatda (2021 yil avgust oyiga nisbatan) iste’mol sektorida narxlar o‘sish sur’ati 12,3 foizni tashkil etdi.

2022 yil avgust oyida narxlar va tariflar oshishi bo‘yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, oy davomida ular narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshdi.

Nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlari oy davomida har biri 0,4 foizga oshdi.

Joriy yil dastlabki sakkiz oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oshishi 8,5 foizga yetib, so‘nggi uch yillik ushbu davrida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. 

Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 2022 yil yanvar-avgusti davomida 7,2 foizga oshdi. Xizmatlar narxlari o‘sish sur’ati sezilarli darajada pastroq bo‘lib, 4,0 foizni tashkil etdi.

Mavzuga oid