O‘zbekiston | 14:46 / 06.09.2022
8938
1 daqiqa o‘qiladi

Moliya vaziri: Birinchi yarim yillikda davlat budjeti defitsiti 14,4 trln so‘mni tashkil qildi

Taqchillik davlat g‘aznachilik obligatsiyalarini ichki bozorda joylashtirish, xalqaro moliya institutlari imtiyozli kreditlari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining yil boshidagi qoldiq mablag‘lari hisobidan qoplangan.

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

2022 yilning birinchi yarim yilligida davlat budjeti taqchilligi 14,4 trln so‘mni yoki YaIMga nisbatan 3,7 foizni tashkil qilgan. Bu haqda Moliya vaziri Temur Ishmetov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi ma’ruzasida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur taqchillik davlat g‘aznachilik obligatsiyalarini ichki bozorda joylashtirish, xalqaro moliya institutlari imtiyozli kreditlari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining yil boshidagi qoldiq mablag‘lari hisobidan qoplangan.

Avvalroq, Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov budjet taqchilligi belgilangan 3 foizli limitdan oshishini prognoz qilgandi.

“Biz 3 foiz taqchillikka sig‘mayapmiz. Defitsit kamida yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz bo‘ladi”, degandi u.

Mavzuga oid