O‘zbekiston | 08:11 / 06.09.2022
9226
1 daqiqa o‘qiladi

«Snos»ga tushgan uy-joyni Yagona portal orqali aniqlash tartibi ma’lum qilindi

Ko‘chmas mulk buzilishga tushmaganiga Yagona portal - my.gov.uz orqali ishonch hosil qilish imkoni yaratildi.

Foto: Kun.uz

Buning uchun «Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmagani to‘g‘risida ma’lumotnoma berish» xizmatidan foydalanish mumkin.

Ushbu xizmatdan Yagona portal - my.gov.uz orqali foydalanganda 10 foiz chegirma taqdim etiladi. Xizmat ko‘rsatish muddati – 3 kun.

Ariza beruvchi Yagona portalda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va Qurilish vazirligiga so‘rov yuboradi. Xizmat ko‘rsatishda hech qanday hujjatlar talab etilmaydi.

Yagona portal orqali topshirilganda xizmat narxi miqdori: boj - 13 500 so‘m.

Portal xabariga ko‘ra, mazkur qulaylik hovli-joy sotib olayotganda, uyni kapital ta’mirlayotganda qo‘l keladi.

Mavzuga oid