O‘zbekiston | 13:27 / 07.09.2022
24553
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda sodir bo‘lgan YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Lacetti mashinasi yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan kelayotgan Nexia-2 mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 3 sentabr kuni A-373 Guliston-Andijon xalqaro avtomobil yo‘lining Mirzaobod tumani Turg‘un Ahmedov mahallasi hududidan o‘tgan 22-kilometrida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Termiz-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan, 1986 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvida bo‘lgan Lacetti yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan kelayotgan Nexia-2 mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Oqibatda, Nexia-2 mashinasida bo‘lgan haydovchi va uch nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan. Yana bir nafar yo‘lovchi Oq oltin tumanidagi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Avvalroq, Isuzu yuk mashinasi haydovchisi uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan va ro‘paradan kelayotgan Nexia-2 bilan to‘qnashgan. Oqibatda Nexia-2dagi 4 kishi halok bo‘lgandi.

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida Spark va Gentra o‘zaro to‘qnashganda yong‘in kelib chiqqan, hodisa oqibatida har ikkala mashina hamda ularda bo‘lgan jami 8 kishi yonib ketgandi.

Mavzuga oid