Jamiyat | 18:04 / 08.09.2022
12538
2 daqiqa o‘qiladi

“Jurnalistning shaxsiy xavfsizligi”. Kun.uz jurnalistlari uchun seminar-trening tashkil etildi

Shvetsiyadagi Fojo media-instituti qoshidagi “Jurnalistlarning mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida Kun.uz sayti jurnalistlari uchun media-trening o‘tkazildi.

Foto: Kun.uz

Trening Fojo media-instituti loyihasida ishtirok etayotgan Yangi media ta’lim markazi NNT direktori, filologiya fanlari doktori Beruniy Alimov, Uzreport telekanali bosh muharriri Gulnoza Husanova hamda Kun.uz sayti bosh muharriri Dilshod Abduqodirov tomonidan tashkil qilindi.

Unda tashkilotchilar jurnalistning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash masalalarida ma’ruzalar qilib, O‘zbekiston Respublikasi tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Har bir jurnalist uchun fakt-cheking o‘tkazish, axborot xolisligini saqlash, ziddiyatli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l topa bilish haqida xalqaro tajriba misolida ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, jurnalistlar guruhlarga bo‘lingan amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli jarayonlarda qanday yo‘l tutish ko‘nikmalarini o‘rganishdi. Bu borada malakali xorijiy ekspertlarning fikrlari o‘rganildi.

Loyiha doirasida jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan treninglar o‘z ishini davom ettirilishi ta’kidlandi.

Mavzuga oid