Jazoir elchisi O‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayapti
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mamlakatda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Jazoir elchisi Nosir Busheritni qabul qildi.
Vladimir Norov elchi O‘zbekiston-Jazoir munosabatlarini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shganini qayd etdi. O‘z navbatida, Nosir Busherit O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida respublikada islohotlar va mamlakat taraqqiyotiga guvoh bo‘lganini e’tirof etdi.
Tomonlar O‘zbekiston-Jazoir hamkorligi dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvalini ko‘rib chiqdi. Ikki mamlakat xalqaro institutlar doirasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirishga tayyorligi ta’kidlandi.
Nosir Busherit O‘zbekiston tomoniga diplomatik faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani va qulay shart-sharoitlar yaratgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Mavzuga oid
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
14:32 / 14.09.2024
Urugvayning yangi elchisi TIVda akkreditatsiyadan o‘tdi
13:29 / 14.09.2024
Beninning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistondagi vazifasini bajarishga kirishdi
11:51 / 14.09.2024