Jahon | 13:20 / 11.09.2022
26233
6 daqiqa o‘qiladi
Ozod etilgan hududlardagi ukrain harbiylari, Mikolayivda cho‘kib ketgan kema. Urush suratlari
Ukrainada urushning 199-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini Izyumni tark etdi, Ukraina qurolli kuchlari Kupyansk shahri egallanganini rasman ma’lum qildi. Kupyansk Izyumdagi Rossiya kuchlari ta’minotidagi muhim punkt edi. Ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina qurolli kuchlari Kupyansk va Izyumga kirgani, shuningdek Liman va Volchanskka hujum qilayotgani aks etgan foto va videolar tarqalgan.
- Izyumdan chekinilayotgani haqida RF mudofaa vazirligi rasman ma’lum qildi. Vazirlik talqiniga ko‘ra, gap «Rossiya kuchlarining qayta guruhlanishi» haqida ketmoqda. Xarkiv oblastidagi qo‘shinlar olib chiqilayotgani «Donetsk yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish» maqsadi bilan izohlandi.
- Tunga yaqin Luhansk oblastining Lisichansk shahri yaqinida janglar boshlangani haqida xabarlar kela boshladi.
- Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod etilgan Xarkiv oblastidagi Grakove qishlog‘ida eksgumatsiya ishlari boshlandi. Ukraina bosh prokuraturasi bu hududda ham rossiyalik harbiylar tinch aholi vakillarini o‘ldirganini gumon qilmoqda.
- 10 sentabr kuni Volodimir Zelenskiy oy boshidan buyon Ukraina qurolli kuchlari mamlakatning ikki ming kvadrat kilometrdan ortiq hududi ozod etilgani haqida ma’lum qildi.
- «Janub» operativ qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, ukrain qo‘shini Xerson oblastida ham bir necha o‘n kilometrga ilgarilagan.
- Kiyevga Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok tashrif buyurib, uning mamlakati «butun kuchi» bilan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
- Bu vaqtda Moskvada Shahar kuni munosabati bilan bayram salyuti otildi. Poytaxtdagi 23 maydonda mushakbozliklar uyushtirilgan.
Quyida 10 sentabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xersonda bolalar bayrami
«LXR»dagi blokpost
Ukrainaning ozod etilgan hududlari
Mikolayivda cho‘kib ketgan kema
Xarkivga navbatdagi zarba oqibatlari
Donbass shimolidagi tungi portlashlar
Mavzuga oid
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ishontirmoqchi
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024