Toshkent viloyatida ayol tanishining videolarini tarqatmaslik uchun 10 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
Toshkent viloyatida ayolning foto va videolarini ijtimoiy tarmoqda tarqatib, sharmanda qilmaslik evaziga undan 10 ming dollari talab qilgan shaxs daliliy ashyo bilan ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 15 avgust kunidan boshlab noma’lum fuqaro 1992 yilda tug‘ilgan M.X. (Parkent tumanida yashovchi ayol)ga Telegram orqali xabar yozib, agar 10 ming dollar bermasa, uni giyohvand modda sotuvchi ayol sifatida tasvirlab, foto va videolar tarqatishi, qamatish va oilasini buzib, sharmanda qilish bilan tahdid qilib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv davomida tezkor xodimlar tomonidan noma’lum fuqarolarning shaxsi aniqlangan va tezkor tadbirda u ayoldan talab qilingan 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:25 / 20.10.2024
Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda
15:12 / 20.10.2024
O‘zini bank xodimi deb tanishtirib, fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:10 / 17.10.2024
IIBB internetdagi firibgarlikning yangi ko‘rinishidan ogohlantirdi
20:45 / 14.10.2024