Amanbay Orinbayev Senat raisi o‘rinbosarligiga saylandi
Toshkent shahrida Senat o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisi boshlandi. Yalpi majlisda senatorlar Senat raisi o‘rinbosari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.
Senatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayevni Senat raisi o‘rinbosarligiga sayladi.
9 sentabr kuni xalq deputatlari mahalliy kengashlari qo‘shma majlisida Jo‘qorg‘i Kenges raisi Amanbay Orinbayev Senat a’zosi etib saylangandi.
Amanbay Orinbayev avgust oyi oxirida Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi etib tasdiqlandi.
U bungacha Ichki ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan, 2022 yil mart oyidan iyul oyigacha Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri, keyinroq Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining Orolbo‘yi ekologiyasi va rivojlanishi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.
Mavzuga oid
13:08 / 21.09.2024
Senat Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasini ratifikatsiya qildi
12:29 / 21.09.2024
Tabiblik litsenziyasiga ega bo‘lmagan shaxslar davolash xizmatini ko‘rsatgani uchun javobgarlik joriy qilinmoqda
18:36 / 20.09.2024
Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi
18:30 / 20.09.2024