O‘zbekiston | 13:09 / 15.09.2022
14693
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 16 ta hujjat imzolandi
O‘zbekiston va Xitoy har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarni imzoladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Jinpingning samarali muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlar salmoqli to‘plami qabul qilindi.
Davlat rahbarlari qo‘shma bayonot imzoladi. Unda asosiy kelishuvlar qayd etilgan, har tomonlama strategik sheriklik bugungi holati va uni mustahkamlash istiqbollari aks etgan.
Oliy darajadagi tashrif doirasida 15 ta hujjat imzolandi. Jumladan:
- “Yashil” taraqqiyot sohasidagi investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- Raqamli iqtisodiyot sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida memorandum;
- Foydali qazilmalarni o‘zlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- Qurilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- 2022-2025 yillarda madaniy almashinuv dasturi;
- Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Samarqand viloyati va Shandun provinsiyasi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;
- Toshkent viloyati va Chunsin megapolisi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;
- Buxoro viloyati va Yunnan provinsiyasi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;
- Buxoro va Kunmin shaharlari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka doir umumiy qiymati 15 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishildi va bitimlar imzolandi.
Mavzuga oid
20:08 / 10.11.2024
Xitoyga tegishli marsoxod Marsda qadimiy okean izlarini topdi
17:55 / 10.11.2024
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
15:18 / 10.11.2024
«Qarz qopqoni»: Xitoy tasarrufiga o‘tgan Shri Lanka porti
08:08 / 09.11.2024