Narxi Lacetti-Gentra bilan deyarli teng bo‘lgan Chevrolet Monza, “aqlli” yostiq, eng yupqa va yengil smartfon - hafta texnodayjesti
Kun.uz yakunlanayotgan haftadagi texnologiya va ilm-fanga oid eng qiziqarli xabarlarni jamladi.
Tovushni so‘ndiruvchi qurilma
Yaponiyaning Shiftall kompaniyasi odamlar gavjum joyda shaxsiy suhbatlar uchun tovushni so‘ndiruvchi qurilma ixtiro qildi.
“Mutalk” deb ataluvchi qurilma bilan gavjum joylarda ham odamlar shaxsiy telefon suhbatlarini o‘tkazish mumkin. So‘zlashuvchining yonginasidagi odam ham qurilma egasi nimalarni gapirayotganini eshita olmaydi.
Qurilma suhbatdosh faqat foydalanuvchining ovozini eshitishi uchun fondagi shovqinni ham yo‘q qiladi. U noutbuk yoki smartfonga Bluetooth orqali ulanadi.
Ushbu gadjet noyabr oyining oxiridan boshlab 19 900 iyena yoki 139 dollardan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.
Yangilangan Chevrolet Monza
Yaqin kunlarda Xitoyda yangilangan Chevrolet Monza sotuvlari boshlanadi. Bir vaqtlar Sruze modeliga arzonroq muqobil sifatida ishlab chiqarilishi boshlangan ushbu sedan tashqi va ichki tomondan to‘liq takomillashtirilgan va hattoki narxi ham arzonlashgan.
Yangilangan Monza narxi allaqachon ma’lum qilingan. Avtomobilning eski versiyasi 16 200 dollardan sotilgan bo‘lsa, hozirda taklif etilayotgan yangi versiya 13 700-15 700 dollar oralig‘ida sotuvga chiqariladi.
“Aqlli” yostiq
Xiaomi o‘zining yangi mahsuloti – Smart Pillow’ni namoyish qildi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, aqlli yostiq egasi uyqudaligida uning sog‘lig‘i haqidagi turli ko‘rsatkichlarni yozib olishi mumkin. Barcha yig‘ilgan ma’lumotlar smartfon yoki planshetga uzatiladi.
Smart Pillow puls, nafas olish, uyqu paytidagi harakatlar va xurrak haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi. Tekshiruv jarayoni uxlayotgan odamga sezilmaydi va bezovta qilmaydi.
Gadjet AAA-batareyasi bilan ishlaydi va uning quvvati taxminan ikki oyga yetadi. Aqlli yostiqning narxi 43 dollarga baholangan.
“High tech” uslubidagi poyezdlar
Avstriyaning OBB temiryo‘l kompaniyasi 2023 yil yozidan NightJets – hashamatli yuqori texnologik poyezdlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Ushbu poyezdlar 8 mamlakatdagi 25ta yo‘nalishda harakatlanadi va 7ta vagondan iborat bo‘ladi. Kupelar ikki va to‘rt o‘rinli bo‘lib, yolg‘iz o‘zi ketishni istaydigan yo‘lovchilarga mo‘ljallangan mini-kayutalar ham bo‘ladi.
And now for the greatest innovation on these new sleeper trains: The minisuites, individual privacy at couchette prices. pic.twitter.com/aMmGq1PUmo
— The Man in Seat 61 (@seatsixtyone) September 6, 2022
Poyezdlar 254 nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Ularning tezligi soatiga 230 kilometrni tashkil etadi.
Eng yupqa va yengil smartfon
Xiaomi sentabr oyi oxirigacha Xiaomi Civi 2’ni sotuvga chiqarishi kutilmoqda. Yangi smartfon Qualcomm Snapdragon 7 Gen1 tizimi bilan bilan jihozlanadi. Qurilma allaqachon chiqarishga tayyor holatga keltirilgan.
Xiaomi Civi 2 120 Gs yangilanish tezligiga ega 6,55 dyuymli Full HD AMOLED displeyga ega bo‘ladi va Dolby Vision yuqori dinamik diapazonini qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, smartfon Xiaomi kompaniyasining 67 Vt quvvatga ega simli tez zaryadlash texnologiyasi bilan jihozlangan.
Xiaomi Civi va Xiaomi Civi 1S rekord darajada yupqa va yengil korpuslarga egaligi bilan ajralib turadi. Qayd etilishicha, yangilangan model ham ushbu xususiyatlarni saqlab qoladi.
Artemis dasturi
NASA yaqin 10 yillikning asosiy missiyasi – Artemis dasturi ishga tushirilganini e’lon qildi.
U uchta bosqichdan iborat:
Artemis I (2022): ekipajsiz sinov parvozi;
Artemis II (2024): ekipajning Oy atrofidagi parvozi;
Artemis III (2025): ekipajning parvozi va Oyga qo‘nishi.
AQSh hukumati ushbu missiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlayapti va kelgusi yillardagi barcha xarajatlar uchun mablag‘ ajratgan. Uchuvchisiz parvoz 27 sentabr kuni start oladi.
“Smartfon ta’mi”ga ega chipslar
Google’ning Yaponiyadagi filiali “smartfon ta’mi”ga ega chipslarni chiqardi. Bu Pixel 7 va 7 Pro gadjetlari taqdimoti uchun reklama kampaniyasining bir qismi doirasida amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, Yaponiya aholisi 2000 quti kartoshka chipsidan biridagi sovg‘ani yutib olish uchun o‘yinda qatnashishi mumkin. Paketda Pixel 7 yangi dizaynining kamera paneli doira va tabletka ko‘rinishida ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
12:10 / 22.12.2024
“Qotil” chatbot, kasallikni oldindan aniqlaydigan aqlli uzuk va super kompyuter – texnodayjest
17:55 / 02.04.2024
Xiaomi'dan SU7 elektromobili, iOS 18 taqdimot sanasi, Soradan film – texnodayjest
13:05 / 03.03.2024
Uchar taksi, qo‘lga taqiladigan smartfon va kiber kuchukcha – hafta texnodayjesti
21:18 / 10.02.2024