«Tashabbusli budjet»: g‘alabasiga ishongan mahallalar bayramni boshlab yuborishdi
«Tashabbusli budjet» loyihasining joriy yilning 2-mavsumi yakunlandi. Jami 1418 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltiriladi.
«Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumi natijalari hali rasman e’lon qilingani yo‘q, lekin ovozlardagi farqlarga ko‘ra o‘z g‘alabasiga ishongan mahallalar bayramni boshlab yuborishdi. Bu borada turli xil Telegram-kanal va guruhlarda videolar tarqalmoqda.
«Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 1 trillion 62 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Bu gal ham eng ko‘p loyiha Surxondaryo viloyatidan taqdim etilgan (13 691 ta). Xorazm viloyati, Toshkent shahri va Buxoro viloyatida ham boshqa hududlarga qaraganda ko‘proq tashabbuslar ilgari surilgan. Mamlakat bo‘ylab jami 60 mingga yaqin loyihalar saralab olingan.
Tashabbuslarning 32 foizi ichki yo‘llarni (piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlar) ta’mirlash, 13 foizi umumta’lim maktablarini ta’mirlash yoki jihozlash, 12 foizi esa ko‘cha chiroqlarini ta’mirlash va o‘rnatishga doir.
Mavzuga oid
15:07 / 06.02.2023
Muammolarni tezroq hal qilish imkoni: “Tashabbusli budjet” boshlandi
18:26 / 24.11.2022
Toshkentning biqinidagi 30 yildan beri asfalt ko‘rmagan ko‘chalar. Hokimlik 1 so‘m ham ajrata olmasligini aytdi
19:01 / 11.10.2022
Yangi g‘oliblar va 3,5 karra ko‘p mablag‘ - Prezident “Tashabbusli budjet” bo‘yicha yangiliklarni e’lon qildi
11:05 / 07.10.2022