O‘zbekiston | 11:55 / 20.09.2022
14221
2 daqiqa o‘qiladi

Talabalar turar joylari bo‘yicha Andijon tajribasi: Oliy ta’lim muassasalaridagi yotoqxona muammolari hal etilgan

Andijon viloyatida 7 ta davlat oliy ta’lim muassasaci faoliyat olib boradi. Kunduzgi ta’lim yo‘nalishida o‘qiyotganlar 32 ming 634 nafar. 16 ta talabalar turar joyida yetti yarim mingdan ortiq talabaga kerakli sharoitlar yaratib berilgan.

Viloyatdagi 7 ta oliy ta’lim muassasacida bugungi kunda jami 16 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, quvvati 7907 o‘rinni tashkil etadi. Bu joriy yilning 19 sentabr holatiga 7532 nafar talabaning, ya’ni 95,2 foizning muammosiz talabalar turar joylari bilan ta’minlanganini bildiradi.  

Bundan tashqari, 6 ta oliy ta’lim muassasasida Davlat Xususiy Sherikchiligi asosida 5 ta yangi quvvati 2200 o‘rinli talabalar turar joylari qurilishi ishlari olib borilmoqda.

Mazkur davlat xususiy sherikchiligi loyihasi asosida qurilayotgan talabalar turar joylari joriy yilning 1 dekabr kuniga foydalanishga topshirilishi belgilangan.

Shu bilan birga, Andijon davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida 120 o‘rinli tikuv sexi tashkil qilinib, bugungi kunda talaba qizlarning bandligi ta’minlanib, moddiy daromadga ega bo‘ldilar.

Viloyat bo‘yicha barcha talabalar turar joyida ovqatlanish narxi arzonlashtirilgan bo‘lib, nonushta narxi 8 ming so‘mni, tushlik 12 ming so‘m va kechki ovqat narxi 10 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Biz viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib, talabalar turar joylaridagi sharoit bilan tanishdik.

Hududdagi OTM talabalari mavjud sharoitlar bilan tanishtirishdi. Kuzatishimiz davomida muassasalarda uzoq viloyatlardan kelib o‘qiyotgan yoshlar uchun yotoqxona muammosi hal etilganiga guvohi bo‘ldik.

Reklama huquqlari asosida

Mavzuga oid