“Bolam yashashi uchun imkon izlayman”: bir yoshga to‘lmay turib uch operatsiya qilingan go‘dakning onasi
Susanna yolg‘iz go‘dagining yashab ketishi uchun kurashmoqda. Uning qizi O‘lmasoy hali 1 yoshga ham to‘lmagan. Ammo go‘dak ona sutini ham yuta olmaydi. Sababi qizaloq qizilo‘ngachning tug‘ma xastaligi bilan dunyoga kelgan.
Bu kasallik juda noyob, shu bois davolanishi ham murakkab. Hozir chaqaloq oshqozoniga o‘rnatilgan maxsus moslama orqali sun’iy ovqatlantiriladi. Bu uning hayotini saqlab qolishning yagona chorasi. Lekin bu dardning davosi topilmasa, bolaning hayoti xavf ostida qoladi.
“2022 yilning fevral oyida qizim dunyoga keldi. Afsuski tug‘uruqxonada shifokorlar uning o‘zi mustaqil ovqat yuta olmasligini aytishdi. O‘zim musulmon bo‘lganligim uchun unga O‘lmasoy deb ism qo‘ydim. Uzoq tekshiruvlardan keyin qizilo‘ngachida teshik borligi ma’lum bo‘ldi. Operatsiya qilish kerakligi aytilgach, bir amallab birinchi operatsiyani o‘tkazdik. Hammasi yaxshi o‘tdi, ammo qizilo‘ngachdagi teshik yopilmadi. Ikkinchi operatsiyadan keyin ham shu ahvol takrorlandi. Uchinchi marta xorijlik shifokorlar tomonidan jarrohlik yo‘li bilan qizimga tashqaridan ovqatlantirish uchun qizilo‘ngachiga ezofagostoma va oshqozoniga gastrostoma o‘rnatildi.
Ya’ni u o‘zi ovqatlana olmaydi, oshqozoniga o‘rnatilgan maxsus teshik orqali oziqlanadi. Yana bitta murakkab operatsiyadan so‘ng bolam mustaqil ovqatlana olishi mumkin. Bu operatsiyamiz noyabr oyining boshlarida Moskvada o‘tkazilishi kerak. Unga boshqa qizilo‘ngach o‘rnatiladi. Bu juda murakkab amaliyot bo‘lib, operatsiya 6 soat davom etishini aytishdi. Operatsiya xarajatlari katta mablag‘ talab qiladi, bitta operatsiyaning o‘ziga 20 ming AQSh dollari atrofida mablag‘ sarflanar ekan. Lekin menda bu pul yo‘qligi uchun yordam so‘rayapman. O‘zim yolg‘iz onaman, shu qizimdan boshqa farzandim yo‘q. Uning yashashini judayam xohlayman”, - deydi Susanna Izmaylova.
O‘lmasoy Izmaylovaning onasi Susanna Izmaylovaga tegishli kartalar:
Uzcard: 8600 0604 7406 3493
Humo: 9860 0801 1002 9461
Viza: 4195 2500 4835 0951
Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 23-kvartal, 2-uy, 19-xonadon.
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024