Shavkat Mirziyoyev: «Siyosatni ko‘ryapsizlar, kechagi vaziyat bugunga to‘g‘ri kelmayapti»
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahriga tashrif buyurdi. Hokimni tayinlash bo‘yicha tashkiliy masala ko‘rilayotgan navbatdan tashqari sessiyada nutq so‘zlagan davlat rahbari bugungi dunyodagi vaziyat to‘g‘risida ham to‘xtaldi.
“Men bugun qadimiy, vatanimiz taraqqiyotida katta o‘ringa ega bo‘lgan Toshkent viloyatida siz, azizlar bilan uchrashib, barchangizni sog‘-salomat va yaxshi kayfiyatda ko‘rib turganimdan xursandman.
Mana, Samarqandda yirik tadbir o‘tkazdik. Uning ahamiyatini hammamiz anglab yetyapmiz. ShHT sammiti oldida turli gap-so‘zlar ko‘payib ketganidan keyin men maxsus maqola e’lon qildim va aniq tushuntirdim – bizning yo‘limiz faqat tinchlik va hamkorlik yo‘li!
Dunyo siyosatini kuzatyapsiz, kechagi vaziyat bugunga, bugungi vaziyat ertaga to‘g‘ri kelmayapti. Ularni yengish uchun katta siyosiy iroda kerak bo‘ladi.
Albatta, hammasini 5 yil oldingi vaziyat bilan solishtirish mumkin. Esingizda bo‘lsa, 5 yil oldin mana shu Toshkent viloyati yaqinida, respublikamiz sarhadlarida minalari turardi. Shaxsan o‘zim nazorat qilib ularni oldirdim. Axir qo‘shnimiz bilan qanday qilib yomon bo‘lishimiz mumkin?! Bizning bu harakatlarimiz barcha qo‘shnilarimizga o‘rnak bo‘lsin. Hamma harakatlarimiz mohiyati tinchlik va faqat tinchlik”, – dedi davlat rahbari o‘z nutqi boshida.
Mavzuga oid
18:11 / 12.12.2024
Mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalari qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi
19:53 / 11.12.2024
Toshkentda Yunusobod dehqon bozori o‘rnida uch qavatli ekobozor quriladi
19:47 / 11.12.2024
Mirziyoyev va Putin ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
15:25 / 06.12.2024