Fan-texnika | 22:49 / 23.09.2022
58502
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Tesla kompaniyasining bir milliondan ortiq avtomobilida nosozlik aniqlandi

Ma’lumot berilishicha, nosozlik 2017-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Model 3, 2020-2021 yillarda ishlab chiqarilgan Model Y hamda 2021-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Model S va Model X elektromobillarida aniqlangan.

Foto: Getty Images

Tesla kompaniyasi oyna ko‘targich bilan bog‘liq muammo aniqlangani sababli AQShda qariyb 1,1 million dona mashinasini zavodga chaqirib oladi, deb xabar berdi Daily Mail.

AQSh yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasining (NHsA) ma’lum qilishicha, oynalarni avtomatik yopish tizimidagi nosozlik bois yo‘lovchilar va haydovchi jarohat olishi mumkin.

Shu sababli agentlik bunday nuqsonga ega elektromobillar xavfsizlik standarti talablariga javob bermasligini bildirgan.

Ma’lumot berilishicha, 2017-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Model 3, 2020-2021 yillarda ishlab chiqarilgan Model Y hamda 2021-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Model S va Model X elektromobillari chaqirib olinadi. Ularning umumiy soni qariyb 1,1 million donani tashkil etadi.

Tesla texnologiyasi tufayli chaqirib olish deganda elektromobillarning dasturiy ta’minoti yangilanishi tushuniladi. 

Kompaniya oynalarni avtomatik yopish tizimi uchun javob beruvchi dasturiy ta’minotni «over air» - simsiz tarzda yangilashini bildirgan. 

Mavzuga oid