O‘zbekiston | 09:56 / 24.09.2022
12776
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolarda qaysi rusumdagi avtomobillar soni ko‘pligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston fuqarolarida qaysi rusumdagi avtomobillar soni ko‘pligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2022 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan eng ommalashgan yengil avtomobillar sonida Nexia yetakchilik qilyapti - 687 164 dona.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy shaxslarda 478 270 dona Damas va 334 334 dona Lacetti avtomobillari ham bor.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mashinalar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Cobalt - 331 728 dona; 
  • Matiz - 296 442 dona;
  • Spark - 281 811 dona.

So‘nggi yillarda aholiga tegishli bo‘lgan jami avtotransport vositalari soni:

  • 2015 yilda – 2 109 185 ta;
  • 2016 yilda – 2 191 231 ta;
  • 2017 yilda – 2 273 419 ta;
  • 2018 yilda – 2 440 276 ta;
  • 2019 yilda – 2 580 133 ta; 
  • 2020 yilda – 2 955 295 ta; 
  • 2021 yilda – 3 268 470 ta.

Mavzuga oid