O‘zbekiston | 07:07 / 28.09.2022
12451
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Otabek Sultonbekov Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Otabek Sultonbekov 1986 yilda  Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2013 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

U lavozimga tayinlangunga qadar Quyi Chirchiq tumani hokimining yoshlar siyosati,  ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bu lavozimda u 2021 yil fevralidan buyon ishlab kelgan Zuhra Mirg‘oziyeva o‘rnini egalladi.

Mavzuga oid