Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Shavkatjon Rahimov Toshkent viloyati prokuroriga aylandi.
O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Shavkatjon Jo‘rayevich Rahimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, u Toshkent viloyati hokimligidagi yig‘ilishda viloyatning yangi prokurori sifatida tanishtirilgan.
Adliya katta maslahatchisi Shavkatjon Rahimov 1994 yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Prokuratura organlaridagi faoliyatini Namangan viloyati Norin tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida boshlagan. To‘raqo‘rg‘on tumani prokurori, Namangan viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i, Bosh prokuratura boshqarmasida katta prokuror, Bosh prokuratura qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Shavkatjon Rahimov O‘zbekiston 2020 yil martida O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktyabridan buyon Toshkent viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Salom Samadov 2022 yil avgustida Qashqadaryo viloyat prokurori lavozimiga o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024