OAV: Alla Pugachyova yana Rossiyani tark etdi
Alla Pugachyova farzandlari bilan Rossiyani tark etdi, deb xabar bermoqda «Pyatyy kanal» va «Izvestiya».
Rossiyalik xonanda Alla Pugachyova farzandlari bilan Rossiyani tark etdi. Bu haqda 29 sentabr, payshanba kuni «Pyatyy kanal» va «Izvestiya» o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. «Pyatyy kanal» xabariga ko‘ra, xonandani Vnukovo aeroportida ko‘rishgan, u Isroilga uchib ketgan. Aytishlaricha, u qaytish chiptasisiz ketgan.
Bu Pugachyovaning Rossiyadan Ukrainaga to‘liq miqyosli bosqin boshlanganidan beri ikkinchi marta chiqib ketishi. Urush boshida ham u Isroilga jo‘nab ketgandi, ammo keyinroq Moskvaga qaytdi. Sentabr oyida qo‘shiqchi Instagram'da Rossiya Adliya vazirligiga murojaatini e’lon qildi, unda u turmush o‘rtog‘i Maksim Galkin kabi o‘zining ham «xorijiy agent» sifatida tan olinishini so‘radi.
«Sizdan meni sevimli mamlakatimning xorijiy agentlari safiga qo‘shishingizni so‘rayman, chunki men turmush o‘rtog‘im, halol, odobli va samimiy inson, Rossiyaning haqiqiy vatanparvari bilan birdamman. U yurtimizni chetga suruvchi va fuqarolarimiz hayotini og‘irlashtiradigan xayoliy maqsadlar uchun yigitlarimizning o‘limiga chek qo‘yish tarafdori», — deb yozdi Pugachyova o‘zining Instagram sahifasida.
16 sentabr kuni Rossiya Adliya vazirligi Maksim Galkinni «xorijiy agent» vazifasini bajaruvchi shaxslar ro‘yxatiga kiritdi. Vazirlikning ta’kidlashicha, artist siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanadi va xorijiy manba - Ukrainadan yordam oladi.
Bunga javoban Galkin, u siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanmagani va Ukrainadan pul olmagani, o‘ylab topilgan bahona bilan «xorijiy agent» sifatida tan olinganini aytdi. «Men o‘z fikrlarimni sotmayman va birovning fikrini sotib olmayman. Men o‘z vijdonimni sotmayman», deb ta’kidladi u.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024