SSP: AQSh bozoriga to‘qimachilik mahsulotlarining eksporti yangi bosqichga ko‘tarildi
Savdo-sanoat palatasi to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchi mahalliy tadbirkorlar va Walmart, Disney, Costco, Sears, Kmart, Kontoor, Fruit of the Loom, Gildan, Jockey, Woolworth, Medline Amerikaning yirik brend va riteylerlari bilan biznes aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda.
27 sentabr kuni poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va xalqaro “WRAP” tashkiloti bilan hamkorlikda to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchi mahalliy tadbirkorlik sub’yektlari uchun ishlab chiqarish jarayonida ijtimoiy standartlar va xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini sertifikatlash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov to‘qimachilik sohasiga xorijiy investorlarni jalb qilish, aholi bandligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirishda muhim yo‘nalishlarni ta’kidlab o‘tdi.
Aytilishicha, O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshib, 2021 yilda 2,6 mlrd AQSh dollari qiymatiga teng to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilingan va ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga o‘sgan.
O‘zbekistonning 100 ta eng yirik ishlab chiqaruvchilari va tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar uchun o‘tkazilgan seminar doirasida, WRAP sertifikatlashtirish bo‘yicha taqdimot tinglandi, unda sertifikatlashtirishga qo‘yiladigan talab va shartlar, shuningdek, sertifikatlashtirishning afzalliklari ta’kidlandi.
Worldwide Responsible Accredited Production (WRAP) – xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti, 2000 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonining ijtimoiy standartlar va xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini sertifikatlashtirishga ixtisoslashgan.
WRAP to‘qimachilik korxonalarini ishlab chiqarish sharoitlari, xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jahonda tan olingan xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlaydi, xususan, dunyoning eng yirik savdo korxonalari Wallmart, Disney, Costco, Sears, Kmart, Kontoor, Fruit of the Loom, Gildan, Jockey, Woolworth, Medline WRAP mijozi hisoblanadi.
Uchrashuvda yurtimizdagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari va AQShning yetakchi brendlari mutaxssislari muloqot qilishdi.
Onlayn ishtirok etgan Amerikaning yirik brend va riteylerlari vakillari AQSh bozori bilan hamkorlikda qanday sertifikatlar taqdim etilishi, standartlar bo‘yicha ma’lumot berishdi. O‘zaro savol-javob tarzida o‘tgan tadbirda to‘qimachilik mahsulotlarini Amerika bozoriga eksport qilish bo‘yicha tavsiyalar olindi.
Seminar yakunida Worldwide Responsible Accredited Production (WRAP) – xalqaro tashkiloti a’zolari joriy yilning oktabr oyida O‘zbekistonga tashriflari amalga oshirilishini ma’lum qilishdi.
Jonli efirni tomosha qiling: YouTube
Savdo-sanoat palatasi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
20:47 / 11.06.2024
Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlar reytingi natijalarini e’lon qildi
14:01 / 19.04.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i firibgarlik va pora berishda gumonlanmoqda
19:58 / 04.03.2024
Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
16:20 / 08.02.2024