Jahon | 14:23 / 03.10.2022
10645
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya tomonidan egallab olingan Xersonda portlashlar ro‘y berdi

Foto: TASS

Rossiya tomonidan egallab olingan Xersonda kamida uchta portlash yuz berdi. Bu haqda Rossiyaning RIA «Novosti» va TASS agentliklari o‘z muxbirlariga tayanib xabar qilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hududda havo hujumidan mudofaa tizimi ishlab ketgan. 

«Shahar ustidagi osmonda raketa izlari ko‘rinmayapti. Shu bilan birga, portlash ovozlari ham eshitildi», deb yozadi TASS.

Bundan oldin Volodimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarining aholi punktlarini ozod qilishdagi muvaffaqiyati Liman bilan cheklanib qolmasligi haqida gapirgandi.

Donetsk oblastidagi ushbu shaharning ozod qilingani haqidagi voqea ommaviy axborot vositalari orasida eng keng tarqalgan hodisaga aylandi, deya qo‘shimcha qildi u. 

Shunday qilib, 129-hududiy mudofaa brigadasi Xerson oblastining Arxangelskoye qishlog‘i va Mirolyubovka qishlog‘ini ozod qildi, dedi Zelenskiy.

Mavzuga oid