Rossiyalik biznesmenlarning boyligi yil boshidan buyon qariyb 94 mlrd dollarga kamaydi
Eng ko‘p mablag‘ni «Renova» guruhi asoschisi Viktor Vekselberg va «Severstal» direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov yo‘qotgan.
2022 yil boshidan beri rossiyalik 27 nafar milliarderning boyligi miqdori 93,616 mlrd dollarga kamaydi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ma’lumot berilishicha, eng ko‘p mablag‘ni «Renova» guruhi asoschisi Viktor Vekselberg va «Severstal» direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov yo‘qotgan.
Vekselbergning boyligi 11,2 mlrd dollarga kamayib, 7,24 mlrd dollarga tushgan.
Aleksey Mordashov esa 9,78 mlrd dollar yo‘qotgan. Hozirda uning boyligi miqdori 19,1 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Ulardan keyingi o‘rinlarda «NOVATEK» aksiyadori Gennadiy Timchenko (9,66 mlrd dollar yo‘qotgan, boyligi — 12,8 mlrd dollar), NLMK direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin (9,12 mlrd dollar, boyligi — 18,9 mlrd, Evraz holdingi aksiyadori Roman Abramovich (8,26 mlrd dollar, boyligi — 9,74 mlrd dollar) joylashgan.
Bloomberg reytingidan joy olgan uch nafar rossiyalik milliarderning boyligi miqdori o‘sgan. Bular: «Fosagro» direktorlar kengashi sobiq a’zosi Andrey Gurev (1,58 mlrd dollarga ko‘paygan, boyligi - 9,48 mlrd dollar, Wildberries bosh direktori Tatyana Bakalchuk (boyligi 198 mln dollarga oshib, 5,8 mlrd dollarga yetgan) va USM holdingi aksiyadori Andrey Skoch (172 mln dollarga ko‘paygan, boyligi - 5,59 mlrd dollar).
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024