O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida mavsumiy charter havo qatnovlari tashkil qilinishi mumkin
O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning Ummondagi elchixonasida ushbu mamlakatning Akbar Travels sayyohlik kompaniyasi menejyerlari Xyubert Peters, Sanjiv Alangad va Anil Kumar bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ummon kompaniyasi vakillari Arab ko‘rfazi mamlakatlari sayyohlari uchun O‘zbekistonga qulay sayohat paketlarini ishlab chiqishga tayyor ekanligini bildirishdi.
Xyubert Peters aytishicha, bu borada O‘zbekiston yetakchi sayyohlik kompaniyalari bilan aloqa o‘rnatish, o‘zaro hamkorlikda mavsumiy charter havo qatnovlarini tashkil qilish salmoqli natija berishi mumkin.
U kelgusidagi hamkorlik asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida sheriklikda ishlash istagini bildirgan o‘zbek turoperatorlari bilan onlayn muzokaralar o‘tkazish taklifini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Akbar Travels sayyohlik kompaniyasi bilan turizm sohasidagi amaliy hamkorlikni izchil rivojlantirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
11:00 / 19.09.2024
Toshkent - Langkavi oroli - Toshkent yo‘nalishida charter qatnovlari tashkil etiladi
14:14 / 14.09.2024
O‘zbekiston Hind okeaniga chiqish uchun Ummon imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin
14:02 / 24.08.2024
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirmoqchi
11:56 / 27.06.2024