Rossiya sudi «Nobel» berilgan «Memorial» ofisini davlat foydasiga olish haqida qaror chiqardi
Moskvadagi sud binoni «Memorial»ning bir yuridik shaxsidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvni bekor qildi.
Moskvaning Tverskiy sudi 7 oktyabr, juma kuni Rossiya hukumati qarori bilan tugatilgan «Xalqaro Memorial» tashkiloti ofisining «Memorial» ilmiy-ta’lim markaziga o‘tkazilishini noqonuniy deb topdi.
Prokuraturaning «Memorial» mulkini xatlovga olish va binoni davlat foydasiga o‘tkazishni so‘ragan tegishli da’vosi qanoatlantirildi.
Sud qarori «Memorial» belaruslik huquq himoyachisi Ales Belyatskiy va Ukraina fuqarolik erkinliklari markazi bilan birgalikda tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangani ma’lum bo‘lgan kun qabul qilindi.
«Bu biz yaqinda Karetniy ryaddagi uyimizdan ayrilib qolishimizni anglatadi», — deyiladi inson huquqlari tashkilotining o‘z Telegram-kanalidagi xabarida.
2021 yil 29 dekabrda Moskva shahar sudi Moskva prokuraturasining da’vosi bo‘yicha «Memorial» inson huquqlari markazini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bir kun oldin Rossiya Oliy sudi RF Bosh prokuraturasining da’vosiga ko‘ra, Rossiyada nodavlat tashkilot - «xorijiy agent» sifatida tan olingan «Memorial» xalqaro tarixiy-ta’lim jamiyatini tugatdi. Huquq himoyachilari «xorijiy agentlar» haqidagi qonunni buzganlikda ayblangan. «Memorial» , o‘z navbatida, Rossiya rasmiylarining harakatlarini siyosiy sababga ega va nomutanosib holat deb atadi. «Memorial» ilmiy-ta’lim markaziga bu qarorlar ta’sir ko‘rsatmadi.
Mavzuga oid
12:27
«Memorial» Chechenistonda erkaklar ommaviy qo‘lga olinayotganini ma’lum qildi
10:51
Rossiyada «ChGK» o‘yinchilari uyushmasi «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi
15:35 / 05.11.2024
Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlik 5 yilga qamaldi
09:50 / 05.11.2024