Jahon | 09:47 / 12.10.2022
16161
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina mudofaa vaziri: Amerikaning yana 4 ta HIMARS tizimi yetib keldi

Ukrainaga Amerikaning yana 4 ta HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimi yetib keldi, deb ma’lum qildi Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari Aleksiy Reznikov. 

Foto: AP

Bundan tashqari, NASAMS zenit-raketa tizimlari yo‘lda, yaqinda ular ham yetib keladi, deya qo‘shimcha qildi Reznikov.

Britaniya kiberrazvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Putinning ko‘plab xatolari natijasida Rossiya armiyasida zaxiralar tugay boshlagan. Urushning oqibatlari tobora ko‘proq rossiyaliklarga bevosita ta’sir qilyapti.

Britaniya razvedka xizmati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina bilan urush olib borish uchun o‘z o‘q-dorilari zaxirasini amalda tugatgan. Bu haqda BBC radiostansiyasi efirida elektron razvedka bilan shug‘ullanuvchi Britaniya razvedka agentligi GCHQ rahbari Jyeremi Fleming ma’lum qildi.

«Biz va joylardagi rus qo‘mondonlari ham bilishadiki, ularning ta’minoti va o‘q-dorilari tugab bormoqda», - dedi Fleming. Bundan tashqari, asirlar va tajribasiz odamlarning urushga safarbar etilishi Rossiya armiyasidagi umidsiz vaziyatdan dalolat beradi, deb hisoblaydi kiberrazvedka rahbari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘plab strategik xatolar va noto‘g‘ri hisob-kitoblarga yo‘l qo‘ydi, sababi u o‘z buyrug‘iga qarshi pozitsiyaga uchramaydi. Putin boshlagan urushning oqibatlari ruslar uchun ayon bo‘lmoqda, dedi Fleming: ular endi sayohat qila olmasligini tushunishyapti hamda zamonaviy texnologiyalardan mahrum bo‘lishyapti, shu sababli safarbarlikdan qochishyapti.

Mavzuga oid