Shavkat Mirziyoyev 2023 yil Samarqandda «Avlodlar muloqoti» uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitidagi nutqida prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarning muammolari yechimlarini birgalikda izlashga mo‘ljallangan – "Avlodlar muloqoti"ni yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqdi.
«Biz radikal g‘oyalar keng tarqalishiga tobora ko‘proq duch kelyapmiz. Targ‘ibot va mafkuraviy ta’sirning yangi usullaridan foydalanib, buzg‘unchi kuchlar yoshlarni ekstremistik tashkilotlarga faol jalb qilmoqda. Bu borada yoshlarimizni radikalizmdan asrash, ularning kuch-g‘ayratini bunyodkor maqsadlarga yo‘naltirish maqsadida [OHIChBK doirasida] tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishimiz zarur», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston prezidenti sammitda turli yoshdagi odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatni yaxshilashga, yoshlarning eng dolzarb muammolari yechimlarini birgalikda izlashga mo‘ljallangan yangi format – Avlodlar muloqotini yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqdi. Shuningdek, prezident sammitdagi nutqida yoshlar o‘ziga ishonishi, adolatli kelajak shakllanishiga daxldor ekanini his qilishi, o‘z salohiyati va umidlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
«Yig‘ilish Yoshlar kengashi hamraislari sifatida 2023 yil aprel oyida Samarqand shahrida Yoshlar yetakchilari forumi doirasida yangi formatdagi «AVLODLAR MULOQOTI» uchrashuvini o‘tkazishni taklif qilamiz. Bu format turli yoshdagi odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni yanada yaxshilash, yoshlarning eng dolzarb muammolari yechimini birgalikda izlashga ko‘maklashishga mo‘ljallangan», — dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
07:35
Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosarini qabul qildi
17:13 / 01.11.2024
Prezident bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni buyurdi
12:39 / 01.11.2024
Kichik GESlar “sanoat ipotekasi” asosida tadbirkorlarga beriladi
12:38 / 01.11.2024