Qo‘mita raisi o‘rinbosari tuman hokimi bo‘ldi
Andijon viloyatida yana bir tumanga yangi rahbar tayinlandi.
Bekzod Ummatov Andijon viloyati Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Bekzod Hamzayevich Ummatov 1982 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent moliya instituti, 2016 yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004 yilda «O‘zuyjoyjamg‘armabank» davlat aksiyadorlik banki Sergeli filiali jamg‘arma kassa amaliyoti va valuta ayirboshlash shoxobchalari bo‘limining 7-sonli jamg‘arma kassa nazoratchisi vazifasidan boshlagan.
2005-2010 yillarda «Asaka» DATB Banklararo amaliyotlar departamentida turli lavozimlarda ishlagan, 2011 yildan Aksilmonopoliya qo‘mitasida ish boshlagan, 2017 yilda Vazirlar Mahkamasiga ishga o‘tgan.
2019 yil fevralidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.
Asaka tumaniga 2020 yil sentabridan buyon hokimlik qilib kelgan Mansurbek Alixonov 2022 yil sentabrida prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov rahbarligidagi yig‘ilishda yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijonda hojatxonaga tushib ketgan qizaloq qutqarib qolindi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024