O‘zbekiston | 10:13 / 18.10.2022
6028
1 daqiqa o‘qiladi
Nikohdan ajrashish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan hudud ma’lum qilindi
Nikohdan ajrashish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan top-10 hududlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yilning 1 oktabr holatiga respublika tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan nikohdan ajrashish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yuqori raqam Guliston shahrida qayd etildi - 3,5 ta.
Qolgan hududlar kesimida vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Yangiyer shahri - 3,3 ta;
- Sergeli tumani - 3,1 ta;
- Olmaliq shahri - 2,9 ta;
- Shirin shahri - 2,9 ta;
- Bektemir tumani - 2,5 ta;
- Qibray tumani - 2,5 ta;
- Chipchiq shahri - 2,4 ta;
- Buxoro shahri - 2,4 ta;
- Farg‘ona shahri - 2,4 ta.
Mavzuga oid
17:02 / 29.07.2024
O‘zbekistonda aholining o‘sishi sekinlasha boshladi
08:41 / 19.07.2024
O‘zbekistonda nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar ro‘yxati kengaytiriladi
20:28 / 03.07.2024
Buxoroda voyaga yetmagan farzandlarining nikoh to‘yini qilgan ota-onalar jarimaga tortildi
09:42 / 27.05.2024