O‘zbekiston | 10:46 / 18.10.2022
6829
1 daqiqa o‘qiladi

Qaysi hudud meva va sabzavotlarni xorijga sotish bo‘yicha yetakchi ekani aytildi

Qaysi hudud meva va sabzavotlar eksportida yetakchi ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijga meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar orasida Farg‘ona viloyati yetakchilik qilyapti – 228,4 ming tonna.

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 145 ming tonna hamda 144,7 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan Samarqand viloyati va Toshkent viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Xorazm viloyati – 117,2 ming tonna; 
  • Surxondaryo viloyati – 110,5 ming tonna;
  • Namangan viloyati – 106,9 ming tonna;
  • Andijon viloyati – 87,1 ming tonna; 
  • Toshkent shahri – 72,5 ming tonna;
  • Jizzax viloyati – 66,8 ming tonna;
  • Buxoro viloyati – 54 ,8 ming tonna;
  • Sirdaryo viloyati – 36 ming tonna;
  • Qashqadaryo viloyati – 35 ming tonna;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 19,8 ming tonna;
  • Navoiy viloyati – 9,2 ming tonna.

Mavzuga oid