O‘zbekiston | 10:11 / 19.10.2022
2212
2 daqiqa o‘qiladi

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi belgilandi. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar to‘rt yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.

Mutaxassislar kasbiy bilimi, ko‘nikmasi va mahoratini oshirish, zamon talablariga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Mutaxassislarni qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: pedagogik qayta tayyorlash; kasbiy qayta tayyorlash; maxsus o‘quv kurslarda o‘qitish.

Mutaxassislar malakasini oshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka oshirish (ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish); ilmiy-tadqiqot muassasasida tajriba orttirish; xorijda tajriba orttirish; mustaqil o‘qib bilim orttirish; masofaviy ta’lim.

Tinglovchilar qayta tayyorlash va maxsus o‘quv kurslari ta’lim dasturlarini o‘zlashtirib bo‘lgandan so‘ng institut tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Mavzuga oid