Jamiyat | 18:37 / 26.10.2022
11799
2 daqiqa o‘qiladi

«Hamshiralarga e’tiborimiz qoniqarli emas» – prezident bu kasb vakillarining ahamiyatiga to‘xtaldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida joylashgan tibbiyot muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishuv yakunida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

«Hamshiralarga e’tiborimiz qoniqarli emas. Oddiy misol, operatsiya o‘tkaziladi, hammasiga vrach javob beradi. Ammo operatsiyadan so‘ng bemorga kim qaraydi? Albatta hamshira. Ammo biz uni qayerda o‘qityapmiz, unga nimalarni o‘rgatyapmiz? Afsuski bu savolga javob yo‘q. Kollejlardagi o‘qitish tizimimiz qoniqarli emas.

Hamshiralarning malakasini oshirish masalasiga katta e’tibor qaratishimiz kerak. Bu bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriq berilgan. Malaka oshirish vaqti bir oydan uch oygacha bo‘lishi va ularga jahon tajribasidagi barcha yutuqlar o‘rgatilishi kerak.

Katta shifokorlar o‘z yutug‘ini malakali hamshiralar bilan bog‘laydi. Hamshirani tanqid qilishdan oldin uni yetarlicha o‘qitishimiz kerak, sharoit va imkoniyat yaratib berish lozim.

Qaysi viloyat hokimi birorta hamshirani uy bilan ta’minladi? Hech biri? Ular uchun ipoteka imkoniyatlarini o‘ylab ko‘rish vaqti keldi. Xozircha biz hamshiralarga adolatli maosh bera olganimizcha yo‘q. Tegishli mutasaddilar bu bo‘yicha o‘z takliflarini berishlari kerak. 
Hammangiz chet ellarda bo‘lgansiz. Shifokorlar hamshiralarni «Mening oyoq-qo‘lim» deb ardoqlashadi», – dedi prezident.

Mavzuga oid