O‘zbekiston | 15:26 / 26.10.2022
16948
3 daqiqa o‘qiladi

Foto: O‘zbekiston shimolida mudofaa jangini tashkil etish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Qoraqalpog‘istondagi sahroda kuch tuzilmalari hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qoraqalpog‘istondagi harbiy poligonda Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘linmalari ishtirokida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. 

«Milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlardan biri bu – qo‘shinlar hamkorligidir. Ya’ni mamlakatimizdagi kuch tuzilmalar bilan birgalikda turli o‘quv mashqlarni o‘tkazish orqali bo‘linmalarning jipslikdagi harakatini oshirish, o‘zaro tajriba va malaka almashishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday o‘quv mashqlaridan biri, ya’ni mudofaa jangini tashkil etish bo‘yicha majmuaviy taktik o‘quvi hamda kuch tuzilmalari hamkorligidagi maxsus taktik o‘quvlar mamlakatimiz shimolida o‘tkazildi», deyiladi mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Vazirlik matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, majmuaviy taktik o‘quv chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining jangovar navbatchilikni o‘tash vaqtida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartli terrorchilar hujumini qaytarishi bo‘yicha amaliy harakatlar bilan boshlangan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, tadbirda shartli ravishda temiryo‘l transportida hamda ko‘p qavatli binoda garovga olinganlarni ozod etish, blokpostga qilingan hujumni hamkorlikda qaytarish, merganlar juftligi harakati hamda aholi yashash punktida shartli dushmanni yakson qilish bo‘yicha maxsus harakatlar namoyish etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘quvlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay O‘rinboyev, Mudofaa vazirligi rahbariyati, harbiy okruglar vakillari, hududdagi kuch tuzilmalari mansabdorlari kuzatib bordi. Mashg‘ulotlar yakunida mehmonlar harbiy okrugda mavjud bo‘lgan zamonaviy texnika hamda poligon hududida yangidan barpo etilgan ekstremal sharoitlarda yashovchanlik shaharchasi bilan tanishishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mavzuga oid