O‘zbekiston | 09:41 / 29.10.2022
7878
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston sementni asosan Tojikistondan sotib olyapti
O‘zbekistonga 9 oyda 1,7 mln tonna sement import qilingan.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 71,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,7 mln tonna sement import qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 416,4 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar orasida Tojikiston yetakchi bo‘lib turibdi – 736,3 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qirg‘iziston – 509,4 ming tonna;
- Qozog‘iston – 464 ming tonna;
- Eron – 13 ming tonna;
- Turkmaniston – 11,6 ming tonna;
- Xitoy – 1,4 ming tonna;
- Rossiya – 1,0 ming tonna.
Mavzuga oid
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024
Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi
20:00 / 02.09.2024
Imomali Rahmon bolalar va o‘qituvchilarni o‘zini kutib olish tadbirlariga chaqirishni taqiqladi
08:47 / 30.08.2024