Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati bo‘yicha JChda 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 40 ming dollar mukofot oldi
Fisher shaxmati bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.
Guruh bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib, eng yuqori natija ko‘rsatgan (12ta imkoniyatdan 10 ochko) o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov yarimfinalda Hikaru Nakamuraga, 3-o‘rin uchun bahsda esa amaldagi shaxmat toji sohibi Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berdi va 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Finalda esa Nodirbekni yenggan Nakamura Yan Nepomnyashiydan ham ustun keldi va Fisher shaxmati bo‘yicha jahon chempioniga aylandi.
18 yoshli hamyurtimiz 4-o‘rin sohibi sifatida 40 ming AQSh dollari mukofotni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun: Fisher shaxmati (Chess960) qoidalariga ko‘ra, piyodalar xuddi oddiy shaxmatdek joylashadi, ammo sipohlarning o‘rni oddiy shaxmatdan farqli o‘laroq, har partiyada tasodifiy kataklarga joylashtiriladi. Ammo bunda 3 ta asosiy qoida bor: fillar albatta turli rangli katakda bo‘lishi, ruhlar albatta shohning ikkita tomonida bo‘lishi hamda oqlar va qoralarning sipohlari joylashuvi simmetrik ravishda bir xil bo‘lishi kerak. Fisher shaxmatida jami 960 ta variantda dastlabki pozitsiya bo‘lishi mumkin, shu sababli u Chess960 deb ham ataladi.
Mavzuga oid
17:51 / 05.11.2024
4 yashar hindistonlik FIDE reytingiga kirgan eng yosh shaxmatchi bo‘ldi
17:45 / 08.10.2024
“Shaxmatdan chalg‘imaslik uchun telefon ham ishlatmayman” – Shamsiddin Vohidov
20:43 / 22.09.2024
Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi bronza medallarni qo‘lga kiritdi
14:07 / 14.09.2024