«Matematika butun dunyoda matematika» - Komil Allamjonov darsliklar tayyorlashda Finlandiya tajribasi qo‘llanishi haqida
Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov yana bir bor Finlandiya ta’lim tizimi asosida darsliklar yaratilishi afzalliklari haqida aytib o‘tdi.
«Ta’lim sohasida ham velosiped ixtiro qilmaslik kerak deb o‘ylayman. Dunyoda sinovdan o‘tgan eng ilg‘or tizimni shartta olib o‘zimizga adaptatsiya qilish kerak.
Matematika butun dunyoda matematika, fizika yoki ximiya qonunlari butun dunyoda bir xil. Darsliklar sifati va o‘qitish metodikasi har xil. Ulardan O‘zbekiston uchun eng ma’quli bu — Finlandiyaniki, deb qaror qabul qildi mutaxassislar.
Finlandiya ta’lim sohasidagi eng ilg‘or davlatlardan biri. Va reytinglarda doim eng yuqori o‘rinda. Shuning uchun ham Prezidentimiz Finlandiya tajribasini bizda qo‘llash topshirig‘ini berdi. Demak, 1-4-sinflar fin standartlari asosida o‘zimizning mutaxassislar tomonidan yaratilayotgan bo‘lsa, 5-11-sinfning milliy mafkuramizga bog‘liq qismlari yani tarix, o‘zbek tili, adabiyot kabilarini o‘zimiz, tabiiy fanlar, ya’ni fizika, ximiya, biologiya, anatomiya kabilarni esa eng zo‘r, tajribada sinalgan, katta natija beradiganini tayyorini olib o‘zimizga moslashtiramiz.
Qisqacha aytganda, qo‘limizdan kelganini o‘zimiz, kelmaydiganini tayyorini olamiz. Shunda ham vaqtdan yutamiz, ham sifatga erishamiz, ham mualliflar yetishmovchiligi masalasini yopamiz, inshaaolloh! Prezident administratsiyasi shu ishlarni muvofiqlashtiryapti, Xalq ta’limi vazirligi tashkil qilyapti. Qisqacha hisobot shu do‘stlar. Savollar bo‘lsa tayyorman», degan u.
Mavzuga oid
15:30 / 20.09.2024
NATOning ikkita shtabi Finlandiyada joylashtiriladi
09:58 / 20.09.2024
Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQShdagi uydan arzonroqqa tushdi
16:58 / 12.09.2024
Rossiyada 8-9-sinflar uchun dronlar bo‘yicha darslik chop etildi
11:40 / 03.09.2024