O‘zbekiston | 09:49 / 04.11.2022
5117
1 daqiqa o‘qiladi
Qaysi shaharda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish eng ko‘p amalga oshirilishi ma’lum bo‘ldi
Qaysi hududda avtomobil va mototsikllarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash eng ko‘p amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yilning yanvar-sentabr oylari davomida shahar va tumanlar o‘rtasida Andijon shahrida avtomobil va mototsikllarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Bu yerda joriy yilning o‘rganilayotgan davridagi hajm 137 618,1 mln so‘mga yetdi.
Avtomobillar va mototsikllarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning eng yuqori hajmi kuzatilgan shahar va tumanlar o‘ntaligi:
- Andijon shahri – 137 618,1 mln so‘m;
- Zangiota tumani – 92 028,4 mln so‘m;
- Samarqand shahri – 83 404,0 mln so‘m;
- Urganch shahri – 65 331,1 mln so‘m;
- Buxoro shahri – 54 950,4 mln so‘m;
- Yunusobod tumani – 53761,5 mln so‘m;
- Chilonzor tumani – 52 029,9 mln so‘m;
- Mirobod tumani – 51 641,5 mln so‘m;
- Yashnobod tumani – 49 936,6 mln so‘m;
- Sergeli tumani – 47 747,7 mln so‘m.
Mavzuga oid
16:17
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52
Andijondagi xonadonlardan birida 4 kishi gazdan zaharlanib vafot etdi - manba
14:37 / 30.10.2024
Toyota avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi ketma-ket sakkizinchi oy pasaydi, sotuvlar ham qisqardi
18:54 / 25.10.2024