Toshkent nega suvga “g‘arq” bo‘lmoqda? Transport vazirligi vakili izoh berdi
Bir necha kun davomida O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo bo‘lgani uchun viloyatlarda sel, suv toshqini kuzatilmoqda. Poytaxtning qator tumanlarini esa daryo-daryo suv bosgani ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda ham aylanyapti. Xo‘sh, bu holatlarning sababi nimada?
Transport vazirligining Toshkent shahar transport tizimini kompleks rivojlantirish loyiha ofisi direktori Murod Obidovning Kun.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, Toshkentni suv bosayotganining 2 ta omili bor.
“Birinchisi so‘nggi bir necha 10 yil davomida poytaxtda katta yomg‘irlar bo‘lmaganidir. Bu yomg‘irlar yaqindan yog‘a boshladi.
Ikkinchi omilimiz esa uzoq yillar davomida shaharni boshqargan ma’lum bir xizmatlar, rahbariyatlar tomonidan shaharning oqova suv tizimlariga vaqtida e’tibor berilmagani hamda mana shu tizimlar o‘tadigan suv yo‘llariga binolar, turli boshqa obektlar qurib tashlanganidir. Shu orqali bu yaxlit bo‘lgan tizim qandaydir holatda uzilib qolgan. Ya’ni oqayotgan suv oqib ketmay, qaysidir to‘siqqa borib urilsa, u qayergadiir sizib chiqadi baribir.
Hozirda "lotok"larning usti yopilishi bunga sabab deb ayta olmayman, shunchaki bu suv ketish tizimi qayerdadir buzilib, uning ustidan binolar qurilganidan hisoblanadi. Va bu binolar yaqin 5 yilda barpo qilinmagan. Ular ancha oldindan qurib kelingan. Agar shu mavzuni ko‘taradigan bo‘lsak, yana 10-15 yillik tarixga qaytishimizga to‘g‘ri keladi. Qanchadir vaqt davomida bular e’tibordan chetda qolgani uchun ayni vaqt shunday muammolar yuzaga kelmoqda. Bu aslida alohida bir katta mavzu, bunga ham xuddi transport tizimiga qaragandek, qarash lozim deb o‘ylayman”, – dedi u.
Mavzuga oid
15:56 / 17.01.2024
Toshkentda g‘ildirakli tramvaylar paydo bo‘lishi mumkin
14:39 / 16.01.2024
Toshkent shahrida ko‘chalar o‘rtasida alohida avtobus yo‘laklari paydo bo‘ladi – Transport vazirligi vakili
13:10 / 25.08.2019
Toshkent shahar bosh imom xatibi o‘zgardi
16:14 / 23.02.2019