Jahon | 19:53 / 12.11.2022
11911
1 daqiqa o‘qiladi
Misrda avtobus kanalga ag‘darilib, 19 kishi halok bo‘ldi
Misr shimolida yo‘lovchi avtobusi bilan avtohalokat sodir bo‘ldi, natijada 19 kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi jarohat oldi.
Hodisa mamlakat shimolidagi Daqahliya tumanida sodir bo‘lgan. Avtobus hudud markazi Al-Mansur shahriga ketayotganida, haydovchi keskin burilishda boshqaruvni yo‘qotgan, shundan so‘ng mashina ag‘darilib, kanalga qulagan.
Voqea joyida 19 kishi halok bo‘lgan, yana 10 kishi jarohat olgan. Mahalliy aholi jabrlanganlarni suvdan olib chiqib, yordam ko‘rsatishga harakat qilgan.
Avtohalokat joyida qidiruv ishlari olib borilmoqda, qurbonlar soni oshishi mumkin.
Mavzuga oid
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
23:44 / 09.09.2024
Misrlik arxeolog Germaniyadan Nefertiti byustini qaytarishni talab qilmoqda
17:58 / 07.09.2024
Turkiya va Misrning yarashuvi: ular nega arazlashgan edi?
17:00 / 06.09.2024