Rossiya Belarusdan zenit-raketa komplekslari uchun yana 20 ta raketani olib chiqdi
Rossiya Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Belarusdan S-300/400 zenit-raketa komplekslari (ZRK) uchun yana 20 ta raketani olib chiqib ketdi. Bu haqda «Belaruski Gayun» monitoring guruhi Telegram-kanalida xabar berdi.
Guruh Belarusga Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining yana bir Il-76 samolyoti yetib kelganini qayd etdi - RF-76605 ro‘yxatga olish raqami bo‘lgan samolyot 13 noyabr kuni «Machulishchi» aerodromiga qo‘ngan.
Aerodromda ikki soatdan sal ko‘proq vaqt davomida bo‘lgach, samolyot Rostov viloyatidagi «Millerovo» aerodromiga uchib ketdi, deyiladi xabarda.
Guruh ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Rossiyadan Machulishchiga 8 ta Il-76 yetib kelgan, ular, ehtimol, Belarusdan S-300/400 zenit-raketa komplekslari uchun raketalarni olib chiqib ketyapti.
Bundan tashqari, 13 noyabr kuni soat 13:00 da Machulishchi aerodromi yo‘nalishida S-300/400 zenit-raketa kompleksi uchun to‘rtta raketa konteyneri – 20 ta raketa olib ketayotgan beshta tral (katta qopsimon to‘r) payqalgan.
«Shunday qilib, biz Luhansk va Donetsk yo‘nalishidagi guruhlarga raketalarni keyingi yetkazib berish uchun so‘nggi kunlarda Belarusdan Rossiya Federatsiyasiga raketalar olib chiqib ketilayotganini qo‘shimcha ravishda tasdiqladik», deb yozadi «Belaruski Gayun».
Mavzuga oid
22:10 / 10.10.2024
Rus qo‘shinlari Donbassda ilgarilamoqda. Tahlilchilar nima deydi?
14:30 / 10.10.2024
RFda amerikalik yollanma faoliyat uchun sirtdan 14,5 yilga hukm qilindi
10:50 / 10.10.2024
RFning Odessaga zarbasida kamida olti kishi halok bo‘ldi
10:10 / 10.10.2024